Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

19:00 25 Iyun 2024 Jamiyat
505 0

Foto: Samarqand viloyat YHXB

Samarqand viloyatida 3 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, hodisa joriy yilning 20-iyun kuni soat 17:00 lar atrofida Samarqand shahar Oʻzbekiston koʻchasida yuz bergan. Unda “KIA BONGO lll”, “Lacetti” va “ZEEKR 001 MR7001BEV18” rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashgan.

“Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan”, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytilishicha, “avtomoyka” ishchisi mijozning avtomobilini koʻchaga ruxsatsiz haydab chiqqan va avariyaga uchragan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani qoʻshimcha qilingan, YHXB munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер