Samarqandda 2021-yil hosili uchun qancha yer maydoni shudgorlanadi?

2021-yil hosili uchun Samarqand viloyatida 85 ming 350 gektar yer maydonida kuzgi shudgorlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, mazkur agrotexnik tadbir 30-noyabrda yakunlanishi belgilangan.
Kuzgi shudgorlashni oʻz vaqtida va sifatli yakunlash maqsadida har yilgidan koʻra, puxta hozirlik koʻrildi. Mavjud 542 ta, shundan 244 ta yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnika vositalari 234 ta otryadlarga biriktirilgan.
Shuningdek ushbu otryadlarga 65 ta fermerlarga yonilgʻi tarqatish shoxobchalari va 65 ta koʻchma avtoshoxobchalar tomonidan sifatli xizmat koʻrsatilishi taʼminlanmoqda. Ishning toʻgʻri tashkil etilgani, texnikalardan unumli foydalanish evaziga bir kunda oʻrtacha 4,5 - 5 ming gektar yer maydoni sifatli shudgor qilinmoqda.
Shudgorlanadigan maydonlarga fosforli mineral oʻgʻitlarning ajratilishi va shudgorlashdan oldin berilishi hamda shudgorlash ishlarining toʻliq konturlarda amalga oshirilishini taʼminlash, dala chetlari, simyogʻoch atroflarini shudgorlashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Tayloq tumani dehqonlari viloyatda birinchilardan boʻlib kuzgi shudgorlashni yakunlashdi. Joriy yilda bu yerda 1 ming 968 gektar yer maydoni sifatli tarzda shudgorlandi.
— 2021-yil hosili uchun puxta zamin aynan kuzgi shudgorlash orqali yaratilishini yaxshi his etgan qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari ushbu agrotexnik tadbirga har qachongidan jiddiy eʼtibor qaratishdi, — deydi «Oʻzagroinspeksiya»ning Tayloq tuman boʻlimi boshligʻi Zoyir Eshonqulov. — Mavjud 12 ta agrofirmalarga qarashli 474 ta fermer xoʻjaligining 1 ming 968 gektar yer maydoni sifatli shudgorlandi. Mavsumda 29 ta qishloq xoʻjaligi texnikalaridan unumli foydalanilib, 5 ta yuqori unumdor traktorlarning har biri bilan kuniga oʻrtacha 10-15 gektar yer maydoni shudgorlanishi taʼminlandi. Tungi shudgorlashni toʻgʻri tashkillashtirishga ham alohida eʼtibor qaratildi. Mexanizatorlar uchun dalaning oʻzida issiq ovqat, dam olish xonalari tashkil etilganligi sababli viloyatda birinchilardan boʻlib kuzgi shudgorlashni nihoyasiga yetkazdik.
«Oʻzagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan kuzgi shudgorlashni optimal muddatlarda, sifatli yakunlash yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring