Samarqand viloyatidagi Urgut togʻlari — toza va musaffolik makoni(Foto)
Agar siz Samarqandga tashrif buyurib, shaharning barcha meʼmoriy obidalarini koʻzdan kechirganingizdan soʻng, xushmanzara tabiatdan bahramand boʻlishni istab qolsangiz, albatta, shahardan 40 km. janubi-sharqda joylashgan Urgut shahriga boring.


Urgut Zarafshon togʻlarining etagida, 1000 metr balandlikda joylashgan boʻlib, Qashqadaryo viloyati bilan chegaradoshdir. Urgut shahri togʻlar bilan oʻralgan va butun hudud gullar, ignabargli va mevali daraxt bogʻlari bilan qoplangani sharofati bilan havosi toza va musaffodir.

Urgut togʻ yoʻllari Qoratepa togʻ tizmasining granit platosiga olib boradi. Bu shamol va yirtqich qushlar — havo oqimlariaro bulutlar orasida deyarli harakatsiz charx uruvchi bahaybat oqboshli qumoylar hukmronlik qiladigan butun bir gʻaroyib qoyalar mamlakati.

Bahor damlarida dashtda son-sanoqsiz qizil va sariq lolalar, pushti ferulalar va sirach gullari yal-yal boʻlib yonadi. Ushbu tabiat maskanlarida tabiat goʻzalligidan bahra olib, toza havoda dam olishingiz, oqar daryoda suzishingiz va, albatta, togʻ soʻqmoqlari boʻylab sayr qilib, tanangizga shifo baxsh etishingiz mumkin. Oʻlkamizning xushmanzara tabiati mehmonlarni qabul qilishga hozirlik koʻrmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring