Samarqand va Sian oʻrtasidagi turistik aloqalar kengaymoqda
 
                Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov boshchiligidagi turizm sohasi masʼullari va sayyohlik firmalari vakillari Xitoy Xalq Respublikasi Shensi provinsiyasi Sian shahrining turizm salohiyati bilan tanishish hamda mazkur yoʻnalishda hamkorlikni kengaytirish maqsadida mazkur shaharda xizmat safarida boʻldi.

Provinsiya hamda Sian shahri masʼullari, turizm sektori rahbarlari bilan uchrashuvlarda Samarqand va Sian oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, turizm sohasida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

«Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi» shiori ostidagi Samarqand – Sian sayyohlik forumi tashrifning asosiy voqeasi boʻldi.
Forumda Samarqand turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimot boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimi oʻrinbosari R.Qobilov Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, xorijlik sayyohlar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, mazkur sohada faoliyat olib boradigan tadbirkorlik subyektlari, xususan, chet ellik investorlarga berilgan imtiyoz va yengilliklarga toʻxtaldi. Xitoylik tadbirkorlarni hamkorlikda ishlashga taklif qildi.

Buning uchun mazkur qadimiy shaharlar — Samarqand va Sian oʻrtasida haftasiga ikki marta avia qatnovning yoʻlga qoʻyilganligi yana bir qulaylik ekani taʼkidlandi.
Forumda Samarqand viloyat hokimligi hamda Shensi provinsiyasining turizmni rivojlantirish boʻyicha tashkiloti oʻrtasida kelishuv memorandumi imzolandi.

Tadbirda Samarqand va Sian turizm sohasi vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, qator kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilarga milliy taomimiz hisoblangan palov qilib berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring