Samarqand shahriga kirish yoʻllari vaqtincha yopiladi

00:05 31 Mart 2025 Jamiyat
210 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Samarqand shahrida oʻtkaziladigan “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti munosabati bilan shaharga kirish yoʻllari vaqtinchalik yopiladi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-, 4- va 5-aprel kunlari viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi. Haydovchilar uchun maxsus flayerlar ishlab chiqilgan boʻlib, uni QR-kod yordamida mobil ilova orqali ham koʻrish mumkin.

Xaritaga quyidagi havolada.

Shu munosabat bilan, YHXB haydovchilardan belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilishlarini taʼkidlagan.

Shuningdek, boshqarma ushbu kunlarda Samarqand shahriga tashrif rejalashtirganlardan safarni imkon qadar boshqa sanaga koʻchirishlarini soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер