Samarqand shahridagi maktabning elektr taʼminotida bir soat emas, 18 daqiqa uzilish kuzatilgan — Energetika vazirligi

18:59 24 Dekabr 2023 Jamiyat
350 0

Bugun ijtimoiy tarmoqda “Svetsiz ham musobaqa oʻtkazsa boʻlarkanku” sarlavhali xabar eʼlon qilindi. Unda Samarqand shahridagi 31-maktabda 23-dekabr kuni soat 18:24 da elektr energiyasi yoʻqligi toʻgʻrisida xabar berilgan.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Kecha, 23-dekabr kuni soat 18:20 da Samarqand shahridagi 453-sonli transformator punktida nosozlik yuzaga kelgan.

Shundan soʻng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filialining maxsus brigadasi tomonidan soat 18:38 da ushbu nosozlik bartaraf etilgan va isteʼmolchilarning elektr taʼminoti 18 daqiqa ichida qayta tiklangan.

Yaʼni, videoda aytilganidek, maktabda 1 soat emas, 18 daqiqa mobaynida elektr taʼminotida uzilish kuzatilgan.

Shu oʻrinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan tasdiqlanmagan, ishonchsiz xabarlarni tarqatmasliklarini soʻrab qolamiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер