Samarqand shahrida 840 metrlik gastronomik turizm koʻchasi ochildi
Samarqandda jurnalistlar uchun tashkil etilgan press-tur davomida “Royal Hotel” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va mehmonxona rahbariyatiga turizm qoʻmitasi tomonidan muvofiqlik Sertifikati taqdim etildi.

Shu bilan birga, shaharning turizm salohiyatini yana-da rivojlantirish, tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, turizm sohasida xizmatlar koʻrsatish turlarini yana-da oshirish maqsadida, Samarqand shahrida 840 metrlik Orzu Mahmudov gastronomik turizm koʻchasi tashkil etildi.
Berilgan maʼlumotlarga koʻra, hududda oʻzbek, ispan, italyan, fransuz va boshqa millatlarning milliy taomlarini tayyorlaydigan 30 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari 24 soat davomida xizmat koʻrsatadi. Ushbu koʻchaga tematik uslubdagi yoritish moslamalari oʻrnatilgan boʻlib, har kuni Samarqandning minglab aholisi va mehmonlarini jalb qilish, ularga xizmat koʻrsatish, shuningdek, turli festival va paradlarni oʻtkazish imkoniyatini yaratadi.
Yulduz Oʻrmonova,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring