“Samarqand qogʻozi” geografik koʻrsatkich sifatida rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazildi
Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq so'zi”
“Samarqand qogʻozi” geografik koʻrsatkich sifatida rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi koʻmagida Adliya vazirligi tomonidan maʼlum qilindi. Mazkur tarixiy mahsulotning geografik koʻrsatkich sifatida tan olinishi milliy hunarmandchilik va tarixiy merosni saqlash yoʻlida muhim qadam hisoblanadi.
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Shuhrat Abduhalimov “Konigil-Meros” hunarmandchilik markazi rahbari Zarif Muxtorovga “Samarqand qogʻozi” geografik koʻrsatkichini tasdiqlovchi hujjatni tantanali ravishda topshirdi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, ming yillik tarixga ega Samarqand qogʻozi oʻzining murakkab va oʻziga xos tayyorlash jarayoni bilan ajralib turadi. Anʼanaviy uslubda ishlab chiqarishda balxtut novdalari avval suvda maʼlum muddat ivitiladi. Soʻngra ularning poʻstlogʻi artib olinadi va qoʻpol jigarrang qismi pichoq yordamida ajratiladi. Tozalangan sargʻish poʻstloqlar qozonda 5-6 soat davomida qaynatiladi.

Keyingi bosqichda poʻstloqlar yogʻoch oʻgʻirlarda 7-8 soat mobaynida mayin tolalarga aylangunicha maxsus toʻsinlar yordamida tuyib maydalanadi. Hosil boʻlgan tolalar katta idishga solinib, Siyob suvida yaxshilab aralashtiriladi va maxsus toʻrtburchak shaklidagi suzgʻichlardan oʻtkaziladi. Hosil boʻlgan hoʻl qogʻozlar 8-10 soat davomida taxtakachlar yordamida bostirib qoʻyiladi.
Shundan soʻng, har bir qogʻoz alohida silliq yuzaga yopishtirilib, yakuniy ishlov beriladi. Bu jarayonda qogʻoz silliq marmar tosh ustiga qoʻyilib, chigʻanoq yoki aqiq toshi yordamida silliqlanadi. Natijada, Samarqand qogʻozi tayyor boʻladi.
Samarqand qogʻozining afzalligi shundaki, undan nafaqat mahalliy miniatyura ustalari va kalligraflar, balki Yaponiyadagi qadimiy yozma manbalar va nodir tarixiy asarlarni taʼmirlashda ham keng foydalaniladi. Ushbu mahsulotning geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatga olinishi Samarqand hunarmandchiligining tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring