Samarqand hamda Navoiydagi fermer xoʻjaliklari jamiyat va davlat manfaatlariga 400 milliondan ortiqroq zarar keltirdi

13:58 26 Avgust 2024 Jamiyat
149 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand va Navoiy viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlandi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.N.” fermer xoʻjaligi rahbari X.X. xoʻjalik yer maydoniga oʻrnatilgan suv nasosining elektr hisoblagichga tashqi taʼsir koʻrsatib, 139,9 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Departamentning Gʻozgʻon shahri va Qiziltepa tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu hududlardagi “M.S.” MCHJ hamda “Q.Q.” va “F.O.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 266,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Eldor Shomurodov “Roma”ning mavsumdagi debyut golini urgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер