Samarqand davlat universitetida yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand davlat universiteti Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.
Universitetning markaziy studiyasi orqali mamlakatimizdagi 20 ga yaqin oliy taʼlim muassasasida qurib bitkazilgan yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylari ochilish marosimiga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov start berdi.
— Bugun sizlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligi arafasida talabalarimiz uchun munosib tuhfa tayyorlanganini katta mamnuniyat bilan eʼlon qilmoqchiman, — dedi Qoʻngʻirotboy Sharipov. — Respublika boʻyicha 18 ta oliy taʼlim muassasasida 9 ming 980 oʻrinli yangi talabalar turar joylari hamda 1000 oʻrinli oʻquv binolari qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.
— Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti uchun barpo etilgan 1000 oʻrinli yangi oʻquv binosi farzandlarimizning orzulari, baxti va kelajagi timsolidir, — dedi Rustam Xolmurodov. — Men xizmat yuzasidan koʻplab mamlakatlardagi universitet va institutlarda boʻlganman. Bugun ochilgan bu bino ularning hech biridan qolishmaydi.
Marosimdan soʻng Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetining yangi binosi koʻzdan kechirildi. Zamonaviy sharoitlarga ega majmua tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring