Samarqand davlat universiteti Italiyaning Tushia universiteti bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyadi
Samarqand davlat universitetiga Italiyaning Tushia universiteti rektori, professor Stefano Ubertini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar dastlab SamDU arxeologiya, zoologiya muzeylari yangidan tashkil etilgan Biokimyo instituti bilan tanishgandan soʻng Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov bilan uchrashdi.

Muloqotda xalqaro hamkorlik masalalari muhokama etildi. Tomonlar oʻrtasida uzumchilik va gʻallaning yangi navlarini yaratish boʻyicha ilmiy laboratoriya hamda qoʻshma magistratura yoʻnalishlarini tashkil etishga kelishildi. Arxeologiya, landshaft dizayni, energetika sohalarida hamkorlik qilish boʻyicha fikr almashildi.
Shuningdek, oziq-ovqat ilmlari, «Erasmus+” dasturi boʻyicha qoʻshma loyihalar ishlash, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratildi. Italiyalik talabalar Samarqand davlat universitetiga arxeologiya yoʻnalishida tajriba almashishga kelishi uchun shartnomalar imzolanadigan boʻldi.

— Samarqandga ilk bor kelishim. Samarqand davlat universitetining faoliyatini koʻrib quvondim, — deydi delegatsiya rahbari Stefano Ubertini. — Bir qator ilmiy laboratoriyalar va hashamatli binolarning qad rostlagani Samarqand davlat universiteting ilmiy salohiyati va yuqori nufuzga egaligidan dalolatdir. Biokimyo institutidagi oranjeraya, arxeologiya va zoologiya muzeylaridagi noyob eksponatlarning mavjudligi meni hayratga soldi. Yevropaning eng yirik yettita ilmiy tadqiqot institutlaridan biri Tushia universitetida joylashgan. Asosan, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, oziq-ovqat, biotexnologiyalar, arxitektura, chiqindilarni qayta ishlash, tarix, inson huquqlarini himoya qilish yoʻnalishlari boʻyicha katta tajribaga ega. Samarqand davlat universiteti bilan hamkorligimiz manfaatli boʻlishiga ishonaman.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring