Safina Saʼdullayeva bronza medalidan qoʻshimcha koʻrsatgichlar evaziga quruq qoldi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina Saʼdullayeva “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Safina hamyurtlarimizning bugungi omadli ishtirokini davom ettirdi. Balandlikka sakrash dasturining final bosqichida yurtdoshimiz birinchi urinishda 1 metr 86 sm ni zabt etdi.
Qayd etish kerakki, Safina Saʼdullayeva balandlikka sakrash dasturining ikkinchi urinishida 191 sm balandlikni zabt etdi. Safina uchinchi urinishda 1,95 metrga sakray oldi.
Safina va yana 5 sportchi 1,98 metrga sakray olmadi. Shu tariqa hamyurtimiz qoʻshimcha koʻrsatgichlar evaziga bronzadan mahrum boʻldi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Safina Saʼdullayeva xalqaro toifadagi sport ustasi hisoblanadi va bir qator nufuzli turnirlarda sovrindor boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring