Rustam Qosimjonov “Rustam Qosimjonov kubogi”da kuchli uchlikka ham kira olmadi
Foto: chessdailynews
Toshkentda 8-9-iyul kunlari “Rustam Qosimjonov kubogi — 2024” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etgan.
Musobaqaning vaqt nazorati “Rapid 15+10” shaklida boʻlib, Nodirbek Abdusattorov 6.5 ochko bilan gʻolib boʻldi. Ikkinchi oʻrinni Javohir Sindorov 6 ochko bilan, uchinchi oʻrinni esa eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo 5.5 ochko bilan qoʻlga kiritdi.

Rustam Qosimjonov esa oʻzining nomi bilan atalgan turnirda atigi 5.5 ochko bilan 4-oʻrinni egalladi. Shuningdek, Shaxriyar Mamediyarov (5-oʻrin), Aleksandr Grischuk (6-oʻrin), Richard Rapport (7-oʻrin), Nodirbek Yoqubboyev (8-oʻrin) Shamsiddin Vohidov (9-oʻrin) va Jahongir Vahidov (10-oʻrin) kabi shaxmatchilar ham turnirda yaxshi qatnashdi.
Nodirbek Abdusattorov gʻoliblik uchun 12 ming AQSH dollar olgan boʻlsa, ikkinchi oʻrin sohibi Javohir Sindorov 8 ming, eronlik shaxmatchi Parham Maghsoodloo esa 6 ming AQSH dollariga ega chiqdi.
Grossmeyster Rustam Qosimjonov 2004-yili shaxmat boʻyicha FIDE jahon chempionatida Veselin Topalov va Maykl Adams kabi taniqli shaxmatchilarni magʻlub etib, oʻzining eng katta gʻalabasiga erishgan. U shuningdek, Vishvanatan Anand va Fabiano Karuana kabi jahon shaxmat yulduzlarini shugʻullantirgan.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov Buxarestdagi musobaqada 200 millionga yaqin pul ishlab olgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring