Ruhiy salomatlik boʻyicha mutaxassislarning lavozim maoshiga ustama miqdori oshiriladi — SSV

13:03 20 Iyun 2023 Jamiyat
511 0

“Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident qarori asosida:

2023-yil 1-iyuldan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr hamda psixiatriya davolash muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixiatr, tibbiy psixolog, psixoterapevt hamda suitsidologlarning lavozim maoshiga ustama miqdori 25 foizdan 50 foizga oshiriladi.

Ambulatoriya sharoitida davolanish uchun ruhiy holati buzilgan shaxslarni imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlashga 2023-yilda qoʻshimcha 10 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Shuningdek, qaror doirasida:

— 2023–2024-yillarda aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi;

— 2023–2024-yillarda psixiatriya muassasalarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash dasturi;

— Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari;

—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari uchun zarur tashxislash va neyroreabilitatsiya asbob-uskunalarining namunaviy roʻyxati tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?