Rossiyaning sobiq prezidenti: AQSH ham, Ukraina ham doʻzaxda yonadi
Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Ukraina qoʻshinlarining Sevastopolga raketa hujumi ortidan Amerika Qoʻshma Shtatlarini keskin qoraladi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar beradi.
Qrim yarim oroliga qilingan hujumda kamida besh kishi halok boʻlgan va 100 nafardan ortiq kishi jarohat olgan. Rossiya Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, AQSH tomonidan yetkazilgan toʻrtta raketa havoda urib tushirilgan, biroq raketa boʻlaklari qurbonlar boʻlishiga sabab boʻlgan.
Medvedev “Telegram”dagi kanalida hujumga javob berib, AQSH va Ukrainani tinch aholini nishonga olganlikda ayblagan. U aybdorlarning “doʻzaxda yonishi”ga umid bildirib, “ikkalasi ham doʻzaxda yonadi”, degan.
Zarba Rossiya va Ukraina oʻrtasida davom etayotgan keskinlik fonida, AQSH Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatayotgan bir paytda uyushtirildi. Shu yil boshida AQSH Ukrainaga uzoq masofali ATACMS raketalarini yetkazib bera boshlagandi. Rossiya javob berishga vaʼda bergan boʻlsa-da, na Ukraina, na AQSH soʻnggi hujumga izoh bermadi.
NATO davlatlari va Rossiya oʻrtasidagi taranglik kuchayib bormoqda. Medvedev, avvalroq, AQSHni tanqid qilib, yadroviy qurollarni cheklash boʻyicha muzokaralarni rad etib, AQSHning Ukrainaga yordami toʻxtatilmaguncha, yadroviy kallaklarga hech qanday cheklovlar qoʻyilmasligini taklif qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring