Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Rossiyaning Saratov viloyatida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan “Lada Largus” avtomashinasi va trassada turgan, “Autogalantas” yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.
Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiqqan
Hodisa oqibatida mashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Oʻzbekiston fuqarosi, 1987-yilda tugʻilgan K.F.Z. voqea joyida vafot etgan. 5 nafar oʻzbekistonlik (1968-yilda tugʻilgan haydovchi, shuningdek, yoʻlovchilar — 2005 va 1991-yillarda tugʻilgan ikki erkak hamda 1980 va 2002-yillarda tugʻilgan ayollar) turli jarohatlar bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
“Holat Bosh konsulxona nazoratida. Vafot etgan fuqaroning jasadini vatanga qaytarish ishlari boshlangan, jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatilmoqda”, deyiladi Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring