Rossiyada sumka ichidan oʻzbekistonlik ayolning jasadi topildi
Foto: Videodan kadr
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida sumka ichidan oʻzbekistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, jasad Olga Berggolts koʻchasidagi 19-uyning yertoʻlasidagi sumkadan topilgan. Jasadda zoʻravonlik alomatlari aniqlangan. Oʻldirilgan shaxs 31 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi ekani maʼlum boʻlgan. Ayol noyabr oyi boshida Sankt-Peterburgga, 24 yoshli tanishinikiga pul topish maqsadida kelgan.
Aniqlanishicha, 9-dekabr kuni kechqurun Sedov koʻchasidagi 70 uyda joylashgan kvartirada yashayotgan erkak janjal paytida ayolni boʻgʻib oʻldirgan va uning jasadini katta sumkaga solib Olga Berggolts koʻchasida joylashgan 19 uyning podvaliga tuproq bilan koʻmib, voqea joyidan qochib ketgan.
Tergov maʼlumotlariga koʻra, qotil deb taxmin qilingan shaxs jinoyat sodir etilgan kunning ertasiga Sankt-Peterburgdan uchib ketgan va Oʻzbekistonga qaytgan.
Gumonlanuvchining oʻzi 9-dekabr kuni vatandoshini oʻldirgani haqida politsiyaga ariza bilan kelgan. Shuningdek, u jasadni yashirgan aniq manzilni ham koʻrsatgan. Voqea boʻyicha tergov ekspertizasi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring