Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 16 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida mushkul ahvolda qolgan 16 nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonga qaytarilgan 16 nafar fuqaroning aksariyatini onalar va ularning voyaga yetmagan bolalari tashkil qilgan.
Ushbu fuqarolar 30-avgust kuni diplomatlar tomonidan Yekaterinburg-Toshkent yoʻnalishidagi aviareysi orqali Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyilgan.
Mazkur insonparvarlik koʻmagi joriy yilning 30-iyulidan 30-avgustiga Oʻzbekistonda eʼlon qilingan “Vatanga qaytarish” tadbiri doirasida amalga oshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Malayziyada deportatsiya markazida saqlanayotgan va murakkab ahvolga tushib qolgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring