Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 14 yoshli bola Vatanga qaytarildi

13:55 21 Avgust 2024 Jamiyat
188 0

Foto: “Dunyo”

Oʻzbekiston bosh konsulxonasi koʻmagida Rossiyaning Penza viloyatida qarovsiz qolib ketgan 14 yoshli oʻzbekistonlik bola Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi” va Penza viloyati ombudsmani bilan birgalikda ushbu viloyatda qarovsiz qolib ketgan oʻzbekistonlik voyaga yetmagan R.L.ni mamlakatga qaytarish boʻyicha ishlari ijobiy yakunlangan.

R.L. 19-avgust kuni diplomatlar, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi” koʻmagida Qozon–Moskva–Toshkent aviaqatnovi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер