Rossiyada ota-ona qaramogʻisiz qolgan 16 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi (+video)

Bugun, 5-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan ota-ona qaramogʻisiz qolgan 16 nafar voyaga yetmagan bolalar Oʻzbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg va Moskvadagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik idoralari bolalarni davlatimiz fuqarosi sifatida identifikatsiya qilish va ularga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish boʻyicha barcha choralarni koʻrgan. Bolalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida vatanga qaytarilgan.
Ayni paytda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan.
“Markazda ularni ota-onalari va yaqin qarindoshlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oldindan tayyorlangan vasiylik hujjatlari bilan kutib olishdi. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ularning keyingi yashash joylarida ham davom ettiriladi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Taʼkidlanishicha, olib kelingan 16 nafar bolalarning 11 nafari ota-onalariga, qolganlari esa vasiylik asosida qarindoshlariga topshirilgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining qoʻshimcha qilishicha, xorijda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring