Rossiyada oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlari Oʻzbekistonga qaytarildi
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Yekaterinburg shahrida oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlariga amaliy yordam koʻrsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Bosh konsulxona maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1-aprel kuni Oʻzbekiston fuqarosi M.T. Yekaterinburg shahrida vaqtincha yashayotgan qizi va uning bolalarini turmush oʻrtogʻining zulmidan ozod qilish va doimiy yashash manziliga yetib olishiga amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu oila 2024-yilning yanvar oyida Yekaterinburg shahriga ishlash maqsadida kelgan. Oiladagi kelishmovchiliklar, doimiy tazyiq va urush janjal ayolga jiddiy ruhiy taʼsir koʻrsatgan. Bosh konsulxona xodimlari ushbu oila yashayotgan xonadonda boʻlib, mavjud holatni yaqindan oʻrgangan.
Oʻrganishlardan soʻng, ayol va uning bolalari vaqtincha uy-joy bilan taʼminlangan. Hamyurtlarimizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga kelganligi va moliyaviy qiyin ahvolda qolganligi uchun Vatanga qaytish guvohnomasi hech qanday toʻlovlar undirilmasdan rasmiylashtirilgan. Bundan tashqari, “Yekaterinburg-Samarqand” yoʻnalishida qaytish uchun aviachipta ham xarid qilib berilgan.
“Vatandoshlarimiz 8-aprel kuni Yekaterinburg shahridagi "Kolsovo” xalqaro aeroportidan Samarqand viloyatiga kuzatib qoʻyildi», — deyiladi agentlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring