Rossiyada migrantlar uchun eng talabgor uchta soha maʼlum boʻldi

10:48 12 Dekabr 2024 Dunyo
196 0

“Migrant Servis” platformasi direktori Andrey Kladov 2025-yilda Rossiyada qaysi sohalarda migrantlarning xizmatiga talab eng yuqori boʻlishini maʼlum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bular ishlab chiqarish sektori, qishloq xoʻjaligi hamda qurilish sohasidir.

Qurilish sohasida malakali mutaxassislarning yetishmasligi muammosi 2024-yil davomida koʻpayib borgandi. 2025-yilda vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

Mamlakat boʻylab hozirda qurilish sohasining barcha yoʻnalishlarida kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda. Malakali mutaxassislardan tortib eshik-deraza oʻrnatuvchilar, monolitchilar va shtukaturachilarga boʻlgan talab kun sayin ortyapti.

Ishlab chiqarish sektorida kadrlar yetishmovchiligi 2024-yil boshidan jiddiy muammoga aylanib, Rossiyadagi kompaniyalarning 85 foizida xodimlar yetishmasligi kuzatildi. 2025-yilda salbiy tendensiya yanada rivojlanib, kompaniyalarning 95 foizi kadrlar muammosiga duch kelishi mumkin.

Soʻnggi yillarda kadrlar borasidagi eng yomon vaziyat qishloq xoʻjaligi sohasida yuzaga kelgan. 2022-yilda ushbu sohada ishchi kuchi yetishmasligi 240 ming nafarni tashkil qilgan boʻlsa, kelgusi yilda kadrlar taqchilligi 300 ming kishiga yetishi taxmin qilinmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?