Rossiya va Ukraina yana qachon muzokaralar stoliga oʻtirishi maʼlum qilindi
Illyustrativ foto
Rossiya bilan muzokaralarning navbatdagi bosqichi shu hafta Turkiyada 23-iyul kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar qildi.
“Bugun men Rustem Umerov bilan asirlarni almashish va Rossiya tomoni bilan Turkiyada oʻtkaziladigan navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni muhokama qildim. Umerov uchrashuv chorshanba kuniga rejalashtirilganini maʼlum qildi”, degan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy diplomatlardan boʻlajak muzokaralar xalqaro formatda boʻlishini soʻragan. Rossiya tomoni esa Kiyevning taklifiga darhol izoh bermagan. Shu sababli, muzokaralarning aniq sanasi hali nomaʼlum, biroq rus axborot agentligi manbalari muzokaralar 24—25-iyul kunlari boʻlib oʻtishini xabar qilgan.
“Biz tomonimizdan kun tartibi aniq. Mezbon davlatlarga ushbu muzokaralarning muhimligini yana bir bor eslatib oʻtmoqchiman”, degan Zelenskiy “X” ijtimoiy tarmogʻida.
Taʼkidlash joiz, shu kunlarda Ukraina rasmiylari Rossiyaga qarshi xalqaro sanksiyalarni kengaytirish, koʻproq harbiy texnikalarga ega boʻlib, moliyalashtirishni koʻpaytirish masalalariga urgʻu berayotgan edi.
Avvalroq 16-may va 2-iyun kunlari Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlik muzokaralarining dastlabki ikki bosqichi boʻlib oʻtgandi. Unda har ikki tomon harbiy asirlarni almashish hamda 6 ming askarning jasadlarini qaytarishga kelishib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring