Rossiya va Tojikiston rahbarlari «Krokus»dagi terakt haqida gaplashdi

12:53 10 May 2024 Dunyo
394 0

Foto: kremlin.ru

Shu yilning 9-may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda «Krokus Siti Xoll»dagi qonli terakt va migrantlar masalasi haqida gaplashgan.

Emomali Rahmonga koʻra, mart oyidagi ushbu voqea Tojikiston imidjiga jiddiy putur yetkazdi. Shuningdek, u 30-yildan beri terrorizmga qarshi ikki mamlakat birgalikda kurashib kelayotgani, bundan keyin ham bu hamkorlik davom etishini qoʻshimcha qilgan. Shu bilan bir qatorda agar davlatlar dushmanlik kayfiyatiga kirsa, Tojikiston Rossiyaning strategik sherik va ittifoqchisi boʻlishini eslatgan.

Emomali Rahmon migrantlar masalasiga toʻxtalar ekan, bu nozik va muhim masalalardan ekaniga urgʻu bergan. Prezidentga koʻra, chunki mamlakatda har yili aholi soni 2,5 barobarga koʻpaymoqda. Undan tashqari tojikistonliklarning asosiy qismi qurilish sohasida mehnat qilishadi.

Oʻz oʻrnida, Putin ham xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorliklarni davom ettirilishini bildirgan.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 145 kishi terakt qurboni boʻlgan, yana 700 nafarga kishi jarohatlangan. Ushbu qoʻporuvchilik harakatini sodir etganlikda gumonlanib, Tojikiston fuqarolari qoʻlga olingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер