Rossiya Ukrainaga xavfsizlik kuchlari kiritilishi imkoniyatini rad etdi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova Moskva Ukrainaga mojarodan keyin xalqaro xavfsizlik kuchlarini joylashtirish masalasini hech qanday formatda muhokama qilmasligini maʼlum qildi.
“Rossiya uchun xorijiy intervensiya mutlaqo qabul qilib boʻlmaydigan va xavfsizlikka tahdid soluvchi holat. Shuning uchun bu masala muhokama qilinmaydi”, — dedi Zaxarova Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda.
Uning bayonoti Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen Financial Times gazetasiga YI Ukrainaga koʻp millatli kuchlarni joylashtirish boʻyicha aniq rejalarga ega, degan intervyusi ortidan yangradi.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari mojarodan keyin Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish maqsadida Parijda yigʻilishi kutilmoqda. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xavfsizlik boʻyicha tafsilotlar ishlab chiqilganini, ammo ular hali maxfiyligicha qolayotganini bildirdi.
“Biz, yevropaliklar, tinchlik kelishuvi imzolangan kun Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyormiz”, — dedi Makron.
Rossiya esa har qanday kelishuv 2022-yildan beri anneksiya qilingan toʻrtta hududni oʻz ichiga olishi kerakligini taʼkidlasa, Kiyev hududlardan voz kechishga rozi emas.
AQSH prezidenti Donald Tramp mojaroga tez fursatda yakun yasashni vaʼda qilgan, biroq Moskva va Kiyev potensial tinchlik shartlari boʻyicha kelisha olmayapti. Trampning Zelenskiy bilan telefon orqali muloqoti payshanba kuni boʻlishi, yaqin vaqtlarda esa Vladimir Putin bilan ham suhbatlashishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekistonda narkojinoyatlar soni 5 yilda 103 foizga oshdi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring