Rossiya oʻz aholisini koronavirusga qarshi vaksina bilan qachon ommaviy emlashni boshlashini maʼlum qildi

00:42 17 Avgust 2020 Dunyo
1317 0

Illyustrativ foto

Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash taxminan bir oydan soʻng, zarur miqdordagi vaksina ishlab chiqarilgandan keyin boshlanadi.

Bu haqda N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi rahbari Aleksandr Ginsburgga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda .

Avvalroq, u koronavirusga qarshi vaksinani III sinov bosqichi 7-10 kun ichida boshlanishi mumkinligini aytdi.

"Ommaviy emlash biroz kechikish bilan amalga oshiriladi, chunki ishlab chiqarilgan vaksinaning asosiy qismi roʻyxatdan oʻtishdan keyingi tadqiqotlarga yuboriladi. Shundan soʻng, qolgan mahsulotlar muomalasiga kiritiladi”, deydi Gunsburg.

Bir kun oldin Rossiyada N. F. Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqarish boshlandi. “Sputnik V” deya nomlangan ushbu vaksina 11-avgust kuni roʻyxatga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер