Rossiya Oʻrta asrga oid madaniy boyliklarni Oʻzbekistonga qaytardi

20:51 23 Iyun 2021 Madaniyat
1001 0

Rossiya Federal bojxona xizmati Oʻzbekiston Davlat bojxona qoʻmitasiga XIII–XIX asrlarga oid 29 ta kitob va 16 ta sopol buyumni topshirdi. Bu haqda Rossiya Federal bojxona xizmati xabar bermoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, marosim 21-iyun kuni Moskvada noqonuniy olib kirilgan madaniy boyliklarni aniqlash va qaytarish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq boʻlib oʻtdi.

Qimmatbaho buyumlarni Oʻzbekistondan Rossiyaga olib kirish Qrim bojxonasi xodimlari va Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan toʻxtatilgan. Jinoyat Qrimda yashovchi shaxs tomonidan sodir etilgan. U ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Qoʻlyozma kitoblar, arab, fors va turkiy tillardagi diniy matnlar toʻplami, shuningdek, fors hamda turkiy tillardagi sheʼrlar XIX asr Oʻrta Osiyo yozma madaniyati uchun xosdir.

Keramika buyumlari – koʻzalar, kosa, xumlar esa Oʻrta asrlardagi Samarqand kulolchilik ustaxonalari mahsulotidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?