Rossiya Kurskda “Buk-M3” havo mudofaa tizimidan ayrildi. Ukraina frontning ayrim qismlarida ustunlikka erishmoqda

11:36 26 Sentyabr 2024 Dunyo
1581 0

Ukraina kuchlari janubiy Kursk viloyatida Rossiyaning “Buk-M3” havo mudofaa tizimini yoʻq qilganini maʼlum qildi. Ushbu tizim Rossiyaning eng yangi oʻrta masofaga moʻljallangan havo mudofaasi boʻlinmalaridan biri edi. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Kiyev tomoni tarqatayotgan kadrlarda “Buk-M3” tizimi Ukraina kuchlari tomonidan zarba berilgani koʻrsatilgan. AQSHda joylashgan “Urushni oʻrganish instituti” tadqiqot markazi Rossiyaning Rilsk shahri yaqiniga zarba berilganini tasdiqladi. Hujumni uyushtirgan 413-alohida uchuvchisiz dron tizimlari bataloni ijtimoiy tarmoqlarda voqea haqida xabar bergan.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, “Buk-M3” havo nishonlari va ballistik raketalarni tutib olish uchun moʻljallangan oʻrta masofali raketa tizimidir. U 65 kilometrgacha uchish masofasiga ega va Rossiya mudofaa tizimining ilgʻor qismi hisoblanadi.

Ukraina oʻzining kutilmagan hujumini yetti hafta oldin Kursk viloyatiga qaratgan edi. Mamlakat bir qancha muhim aholi punktlari, jumladan, Sudja ustidan nazoratni oldi. Shunga qaramasdan, Rossiya tez orada yoʻqotilgan hududlarni qaytarib olishga yaqin turibdi.

Rossiya kuchlari Ukrainaning olgʻa siljishiga javoban qarshi hujumlarni boshlab yuborgan. Moskva Ukrainaning Kursk chegarasi yaqinidagi bir necha hujumlarini qaytargani haqida xabar bergandi. Har ikki tomon bahsli mintaqada oʻz harakatlarini davom ettirmoqda.

Avvalroq, “Avitsenna” nomli milliy brend yaratilishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер