Rossiya kompaniyasi Fargʻonada oʻz filialini ochadi

12:37 08 Avgust 2024 Jamiyat
175 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. 2024-yilning olti oyida Fargʻona viloyatida IT sohasida 3,5 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Ayni paytda viloyatda ushbu sohaga ixtisoslashgan 90 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, ularning 20 tasi asosan jahon bozoriga oʻz xizmatlarini eksport qilib kelmoqda.

Fargʻona viloyati hokimligida Rossiya va Qozogʻistonda call-markaz autsorsingi xizmatlari koʻrsatuvchi “Telesontast” AJ rahbari Vladimir Beluxin bilan uchrashuvda oʻzaro hamkorlik istiqbollari xususida soʻz yuritildi. Muloqotda kompaniya tomonidan Fargʻona viloyatida call-markaz autsorsingi xizmatlari koʻrsatish filialini ochish boʻyicha kelishib olindi.

— Ayni paytda viloyatimizda IT sohasini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda, — deydi IT-Parkning Fargʻona filiali rahbari Bahromjon Jalilov. — Xalqaro bozorda oʻz oʻrni va nufuziga ega kompaniyalar bilan hamkorlik soha faoliyatini jahon andozalari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?