Ronalduning sobiq ustozi “oq boʻrilar” murabbiyiga aylanishi mumkin
Portugaliyalik mutaxassis Paulo Bento Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlishga yaqin. “Xalq soʻzi” manbasining xabar berishicha, murabbiy yaqin kunlarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan yuzma-yuz koʻrishadi, ayni paytda muzokaralar yakuniy bosqichda.
Paulo Bento 1969-yilning 20-iyun sanasida Lissabon shahrida tugʻilgan. Faoliyati davomida Portugaliyaning “Sporting”, Braziliyaning “Kruzeyro” va Gretsiyaning “Olimpiakos” klublarini boshqargan.
Uning milliy terma jamoalardagi tajribasi ham katta. Paulo 2010–2014-yillarda Krishtianu Ronaldu oʻynaydigan Portugaliya terma jamoasiga murabbiylik qilgan. Janubiy Koreya terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqqan. Mutaxassisning soʻnggi ish joyi Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi boʻlgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Timur Kapadze bilan imzolagan shartnomasi shu yilning kuzida oʻz yakuniga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring