Ronaldu bu yerda yollanma ishchi xolos — “Saudi sports” jurnalicti
“Al-Nasr” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning transfer siyosatida norozi ekanini ochiq oydin taʼkidlamoqda. Aynan shu sabab futbolchi oʻz xohishi bilan Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi “Al-Riyod” – “Al-Nasr” oʻyinida maydonga tushmadi.
Ushbu holat Saudiyada futbol jamoatchiligining jiddiy tanqidlariga sabab boʻldi. Xususan, “Saudi sports” jurnalicti Valid Al Faraj Ronaldung harakatlari borasida tanqidiy fikr bildirdi.
“Ronaldu oʻz oʻrnini bilishi kerak. U shunchaki yollanma ishchi. Bu Saudiya Arabistoni, «Ronaldu Arabistoni” emas. U hech qachon Yevropa hududida bu yerdagidek katta maosh olmagan. Ronaldu ligani hurmat qilishi kerak, aks holda ketgani maʼqul», deydi jurnalict.
Maʼlumot uchun, Krishtianu Ronaldung “Al-Nasr” bilan shartnomasi 2027-yilning yozida oʻz yakuniga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring