Roksana Xudoyorova Avstraliyadagi xalqaro musobaqada gʻalabaga erishdi

10:44 01 Aprel 2022 Sport
764 0

Yengil atletika boʻyicha terma jamoamiz aʼzosi Roksana Xudoyorova ayni kunlarda Avstraliyada mavsumga tayyorgarlik doirasida bir qator xalqaro musobaqalarda oʻz omadini sinab koʻrmoqda. Sportchimiz oʻtkazilayotgan Avstraliya ochiq chempionatida uch hatlab sakrash dasturida gʻalaba qozondi.

Hamyurtimiz musobaqada 13, 54 metr natija qayd etishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar Avstraliya terma jamoasi vakilalariga nasib etdi. Kumush medalni qoʻlga kiritgan Kayla Kuba Roksanadan 3 sm past natija qayd etgan boʻlsa, Ovusu Deysli 5 sm ortda qoldi.

Hamyurtimiz ertaga uzunlikka sakrash dasturida oʻz omadini sinab koʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?