Robot it dunyoda yangi rekord oʻrnatdi
Koreyalik muhandislar tomonidan yaratilgan RAIBO2 robot iti marafonda 42 kilometr 195 metr masofani bosib oʻtgan tarixdagi birinchi robot boʻldi. Toʻrt oyoqli robot oʻz vazifasini toʻrt soatu 19 daqiqa va 52 soniyada bajardi.
Koreya ilgʻor texnologiyalar instituti mutaxassislari tomonidan yaratilgan va qumli plyaj sharoitida sinovdan oʻtgan yuruvchi robot Sangju shahrida 22-marafon poygasida ishtirok etdi.
Tepaliklardan tushish paytida robotning panjalariga oʻrnatilgan mexanizmlar energiya toʻpladi va bu uning harakatini ancha samaraliroq qildi. Bundan tashqari, tushishlarda zaryadlash koʻtarilishning energiya xarajatlarini qisman qoplash imkonini berdi. Natijada robot it bir akkumulyator quvvati bilan butun masofani bosib oʻta oldi. Institut saytidagi press-relizda aytilishicha, robotni marafonga tayyorlash jarayonida muhandislar turli landshaftlarni, jumladan, qiyaliklar, zinapoyalar va muzli yoʻllarni simulyatsiya qilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring