Respublikadagi barcha matematika va ingliz tili oʻqituvchilarining mahorati oshirilmoqda

12:55 24 Mart 2023 Jamiyat
483 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglar boʻlib oʻtmoqda.

Unda butun Respublika boʻylab matematika va ingliz tili oʻqituvchilari ishtirok etmoqda. Mazkur treninglar 3 bosqichli boʻlib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi. Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar oʻqituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Treninglar ayni damda Respublikaning 14 ta hududida joylashgan Prezident maktabida oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?