Respublika boʻyicha havoning ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi 21-sentyabrdan boshlab mamlakatning ayrim hududlarida havoning ifloslanishi kuchaygani haqida maʼlumot berdi. Xususan, Urganch, Qarshi va Samarqand shaharlarida mayda zarrachalar — PM2,5 va PM10 — koʻrsatkichlari oshgani qayd etildi.
22-sentyabr kuni Qarshi, Buxoro, Samarqand, Guliston va Jizzax shaharlarida ham havoning ifloslanishi davom etdi. Gʻarbiy shamol oqimi taʼsirida ushbu zarrachalar Toshkent shahriga ham yetib keldi va soat 15:00 dan boshlab poytaxtda PM2,5 hamda PM10 miqdorining oshishi kuzatildi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, hafta davomida shamolli ob-havo saqlanib qolishi kutilmoqda. Bu esa chang-toʻzon kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli aholiga sogʻliqni asrash maqsadida ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etildi.
Xalqaro amaliyotda havoning sifati AQI (Air Quality Index) — havo sifati indeksi boʻyicha baholanadi. Unda 0–50 ball “yaxshi”, 51–100 ball “oʻrtacha”, 101–150 ball “sezgir guruhlar uchun noqulay”, 151–200 ball “noqulay”, 201–300 ball “juda noqulay” va 301 balldan yuqori “xavfli” toifalarini anglatadi. AQI 100 balldan oshganida, bolalar, homilador ayollar, keksalar va yurak hamda oʻpka kasalliklari boʻlgan shaxslar oʻzini ehtiyot qilishi zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring