Respublika boʻyicha 200 dan ortiq dorixonalar 2,6 milliard soʻmdan ko'proq asossiz daromad qilgan
Raqobat qoʻmitasi tomonidan Respublika boʻyicha 200 dan ortiq dorixonalar 2,6 milliard soʻmdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlandi. Bu haqida qoʻmitaning rasmiy Telegram-kanalida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar boʻyicha 2025-yilning oʻtgan davri davomida olib borilgan oʻrganishlarda 225 ta dorixonada 62 ming 704 ta holatda dori vositalarning savdosi boʻyicha 2,6 milliard soʻm asossiz daromad olinganligi aniqlangan hamda belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, mablagʻlarni qaytarish boʻyicha tegishli choralar koʻrilgan.
Jumladan, ulgurji savdoda:
- 1744 ta holatda -«Evro Farm Biznes» MCHJ XK;
- 1695 ta holatda — “Tar Pharm Alliance” MCHJ;
- 5191 ta holatda — “Garmoniya Farm” MCHJ.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, narxlarni asossiz oshirish alomatlari boʻyicha “Garmoniya Farm”, “Evro Farm Biznes” hamda “Tar Pharm Alliance” MCHJlarga nisbatan qoʻmitaning maxsus komissiyasi tomonidan ish qoʻzgʻatilgan.
Shuningdek, Raqobat qoʻmitasi dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlarni dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari belgilangan narxlariga rioya etilmay sotilgan taqdirda chora koʻrilishi haqida ogohlantirgan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi PQ-411-son qaroriga asosan, Soliq qoʻmitasi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi elektron tizimlari integratsiyasi natijasida Raqobat qoʻmitasiga dori vositalari narxlari oshirilgani haqida xabarlar avtomatik ravishda onlayn kelib tushishi yoʻlga qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring