Renovatsiya dasturi: yangi uylar foydalanishga topshirildi

Margʻilon shahridagi “Ipakchilar” va “Qirguli” mahalla fuqarolar yigʻinlarida 250 ga yaqin aholi xonadonlari oʻrnida 36 ta 7 qavatli – 2 ming 520 ta xonadondan iborat koʻp qavatli uylar qurilmoqda.
Shu kunlarda “Ipakchilar” MFYda 11 ta koʻp qavatli uylar qurib bitkazildi. Oʻtgan qisqa vaqt ichida bu yerda shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari asosida yangi uylar majmuasi barpo etildi.
— Yangi uylarga koʻchib oʻtgan hamshaharlarimizning quvonchi cheksiz, — deydi mehnat faxriysi Gʻulomqodir Mamajonov. — Bundan buyon eski, koʻrimsiz uylar yoʻq, ularning surati tarix muzeylaridan joy egallaydi. Yashil xiyobonlar, keng va ravon koʻchalarda yurish, shinam xonadonlarda yashashning zavqi boshqacha boʻladi.
Qoʻqon shahrida ham Renovatsiya dasturi asosida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni jarayonda “Gʻishtli Masjid” mahallasining Movarounnahr koʻchasidagi 3 ta 2 qavatli maʼnan eskirgan uylar oʻrnida yangi turarjoy binolari qurilishi belgilangan edi.
Yurtimizda istiqlol bayrami shukuhi kezayotgan shu kunlarda ushbu mahallada Z ta yetti qavatli – 119 xonadonli uylar toʻliq bitkazilib, oʻz egalariga topshirildi.
Margʻilon va Qoʻqon shahrida Renovatsiya dasturi boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring