Rektor “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga tarjima qildi
Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov adib tavalludining 125-yilligiga “Mehrobdan chayon” romanini oʻzbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi. Asar tarjimasi AQSHlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi. Tez kunlarda kitobxonlarga “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida taqdim qilinadi. Bu haqda Edu.uz xabar berdi.
I.Toʻxtasinov oʻzbek-ingliz tarjima amaliyoti bilan shugʻullanib, shu kunga qadar Alisher Navoiy gʻazallari, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari hamda Gʻafur Gʻulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan.
Maʼlumot uchun, ayni kunlarda yurtimizda oʻzbek adabiyotining XX asrdagi taniqli namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125-yilligi keng nishonlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring