Reklama qonunchiligini buzgan bir nechta bankka nisbatan ish qoʻzgʻatildi
Reklama qonunchiligi buzilishi yuzasidan bir nechta banklar hamda mikromoliya tashkilotlariga nisbatan ish ochildi. Bu haqida “Raqobat qoʻmitasi” xabar qildi.
Raqobat qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, bosma nashrlar, internet va ijtimoiy tarmoqlarda) joylashtirilayotgan reklama axborotlarining reklama hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan oʻrganish va tahlil ishlari olib bormoqda.
Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan monitoringlar davomida “Reklama toʻgʻrisida”gi va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar talablari buzilishi alomatlari bilan “HAYOT BANK” AJ, “YANGI BANK” AJ, “Aloqa Bank” AT, “ASIA ALLIANCE BANK” ATB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (SQB), “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB banklari va “SASH U mikromoliya tashkiloti” MCHJga nisbatan Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan ish qoʻzgʻatilgan.
Qoʻzgʻatilgan ishlar belgilangan tartibda koʻrib chiqilgandan soʻng yakunlari yuzasidan qoʻshimcha axborot taqdim etiladi deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring