“Real Madrid“ning yetakchi futbolchisi jarohat olib 2 oyga safdan chiqdi
“Real Madrid“ jamoasining asosiy himoyachilaridan biri Trent Aleksandr-Arnold 2 oyga safdan chiqdi. Bu haqida “Managing Madrid” portali xabar berdi.
Joriy yilning 3-dekabr kuni Ispaniya chempionati doirasida “Real Madrid“ klubi Bilbaoda “Atletik“ni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu bahsning 55-daqiqasida Trent jarohat olib maydonni tark etgandi.
“Bugun klub shifokorlari uning holati haqida maʼlumot berishdi. Tekshiruv natijasida futbolchining chap sonida shikastlanish holati aniqlandi. Shu boisdan futbolchi 2 oy muddatda jamoaga yordam bera olmaydi“, deyiladi manba xabarida.
Maʼlumot uchun, Trent oktyabr oyida ham jarohati tufayli qator oʻyinlarda maydonga tushirilmagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring