“Real Madrid” juda qiyin gʻalabaga erishdi
Kecha, 19-oktyabr kuni Ispaniya La Ligasi musobaqasining 9-turidan oʻrin olgan bahslar yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” klubi mehmonda “Xetafe” bilan kuch sinashdi.
“Alfonso Peres” stadionida oʻtgan bahs “qirollik klubi”ning kichik hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyinda kiritilgan yagona gol 80-daqiqada urildi. Xabi Alonso jamoa boshqaruviga kelganidan soʻng ikkinchi nafas olgan Arda Gulerning uzatmasidan keyin Kilian Mbappe hisobni ochdi.
Oʻyin aynan 1:0 hisobi bilan yakunlandi. 84 va 77-daqiqalarda “Xetafe” futbolchilari Allan Nyom va Aleks Sankrisga qizil kartochka koʻrsatildi.
“Xetafe” — “Real Madrid” 0:1
Gol: Mbappe (80).
“Xetafe” : Soriya, Femenia (Nyom, 76), Iglesias, Duarte, Jene, Arambari, Milya, Martin (Kamara, 87), Riko, Sankris, Liso (da Koshta, 90).
“Real Madrid” : Kurtua, Valverde, Karreras, Alaba (Asensio, 46), Militao, Kamavinga (Guler, 65), Bellinghem (Gonsalo Garsiya, 86), Chuameni, Mastantuono (Vinisius, 55), Rodrigo (Dias, 86), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Duarte (48), Femenia (63), Sankris (74), Chuameni (90+5).
Chetlatishlar: Nyom (77), Sankris (84).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring