“Real Madrid” Vinisiusni PSJ futbolchisiga almashtirmoqchi
“Real Madrid” oʻz futbolchisi Vinisius Juniorni PSJ hujumchisi Dezire Due bilan almashtirmoqchi. Bu haqda Ispaniyaning “Don Balon” nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, bu qarorni “qirollik klubi” rahbari Florentino Peres qabul qilgan. Oʻz navbatida bosh murabbiy Xabi Alonso ham, Vinisius Junior ham bu kelishuvga qarshi emas. Hatto, PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrike ham bu almashuvga rozi.
Ammo, Parij klubi rahbari Nosir Al-Xelayfi Duyeni Vinisiusga shunchaki almashtirishga rozi boʻlmayapti. U ushbu transfer orqali qoʻshimcha 50–70 million yevro ishlab olmoqchi.
Maʼlumot uchun, “Real Madrid”ga Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri u va Vinisius oʻrtasida maʼlum bir muammolar yuzaga kelgan. Bu holat “El Klasiko” uchrashuvida oʻzining eng yuqori nuqtasiga chiqdi. Futbolchi maydonni tark eta turib, “Real Madrid”dan ketish istagini ochiq bayon etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring