“Real Madrid” navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
Kecha, 3-dekabr kuni Ispaniya La Ligasining 19-turidan oʻrin olgan “Real Madrid” va “Atletik Bilbao” oʻyini boʻlib oʻtdi. Oʻyin “qaymoqranglilar” yirik hisobdagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvda hisob 7-daqiqadayoq ochildi. Kilian Mbappe jamoani oldinga olib chiqdi. Birinchi boʻlim yakunida Eduard Kamavinga hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 59-daqiqasida Kilian Mbappe oʻyindagi ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa, oʻyinda Madrid klubi 3:0 hisobida ustun keldi.
Ushbu gʻalaba evaziga Xabi Alonso jamoasi La Liga jadvalida peshqadam “Barselona” bilan farqni 1 ochkogacha qisqartirib oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring