Razambek Jamalov yarim finalda. Endi raqib qoʻshni mamlakat vakili
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-74 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jamalov yana bir qiyin bahsni yana bir kuchli sportchi Albaniya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik Chermen Valiyevga qarshi oʻtkazdi.
Sportchimiz ishonchli harakatlari bilan bahsni oʻz foydasiga hal qila oldi va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Razambek soʻnggi soniyalarda 2 ochko oldi va umumiy 6:5 hisobida keyingi bosqichga yoʻl oldi.
Qayd etish kerakki, Jamalov turnirda sensatsion natijalar qayd etmoqda. U birinchi bahsda “Tokio-2020” finalchisi Magomedxabib Kadimagomedovni 8:0, toʻrt karra Yevropa chempioni va jahon erkin kurash yulduzi Slovakiya vakili Taymuraz Salkazanovni 10:4 hisobida magʻlub qildi.
Endi u final yoʻllanmasi uchun tojikistonlik Viktor Rassadin bilan kurashadi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Razambek Salambekovich Jamalov 1998-yil 1-iyulda Chechenistonda tugʻilgan. 2020-yilgi Jahon kubogi gʻolibi hisoblanadi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring