Razambek Jamalov Olimpiada chempioni!
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-74 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jamalov finalda yaponiyalik Daichi Takatani bilan oltin medal uchun kurashdi. Finalda Razambek “kunchiqar yurt” vakilini muddatidan oldin taslim qildi.
Qayd etish kerakki, Jamalov turnirda sensatsion natijalar qayd etmoqda. U birinchi bahsda “Tokio-2020” finalchisi Magomedxabib Kadimagomedovni 8:0, toʻrt karra Yevropa chempioni va jahon erkin kurash yulduzi Slovakiya vakili Taymuraz Salkazanovni 10:4 hisobida magʻlub qildi.
Chorak finalda esa eng murakkab raqibini, Albaniya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik Chermen Valiyevni 6:5 hisobida yutishga muvaffaq boʻldi. Yarim finalda esa Tojikiston sharafini himoya qilayotgan Viktor Rassadinga qarshi oʻtkazdi va 8:2 hisobida gʻalabaga erishdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Razambek Salambekovich Jamalov 1998-yil 1-iyulda Chechenistonda tugʻilgan. 2020-yilgi Jahon kubogi gʻolibi hisoblanadi.
Avvalroq, “Tokio-2020” gʻolibi Akbar Joʻrayev “Parij-2024”da kumush medaliga ega chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring