Ravon yana Rossiyaga qaytdi. Narxlar qanday?

Ravon rusumidagi avtomobillarni Rossiyaga yetkazib beruvchi rasmiy distribyuter – “UzAuto Motors SNG” ushbu mamlakatga UzAuto Motors(sobiq GM Uzbekistan) mahsulotlarini yetkazib berish yangilanganini maʼlum qildi.
Hozirda Rossiya bozorida uchta model - Ravon R4, Ravon R2 va Ravon Nexia R3ʼni xarid qilish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yil may oyida narx siyosati qayta koʻrib chiqilishi munosabati bilan RFga Ravon yetkazib berish toʻxtatilgan edi. Bu utilizatsion yigʻish stavkalari oshirilishi, shuningdek, yangi modellar ishlab chiqarish uchun korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini keng modernizatsiyalash tadbirlari bilan izohlangan edi.
Bugungi kunda Ravon Rossiya bozoridagi eng qulay va arzon yengil avtomobillar segmentida yetakchi boʻlishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan.
Modellarning narxlari:
– Ravon R2 646 000 rubldan (9,7 ming dollar);
– Ravon R3 Nexia – 670 000 rubldan (10,1 ming dollar);
– Ravon R4 –678 000 rubldan (10,2 ming dollar).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring