Ramazon Temirovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq boʻldi
Foto: Instagram
Oʻzbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov Qozogʻiston vakili Asu Almabayevga qarshi oktagonga chiqadi. Bu maʼlumotni sportchining oʻzi va murabbiyi Instagramʼdagi sahifalari orqali tasdiqladi.
“Hamma shu jangni kutgan edi shekilli, duoda boʻlinglar, azizlarim!” deb yozgan Temirov.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu bellashuv joriy yilning 26-iyul kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan UFC Fight Night turini doirasida tashkil etiladi.

Qayd etish joiz, oʻzbekistonlik sportchi oʻzining soʻnggi jangini joriy yilning mart oyida amerikalik Charlz Jonsonga qarshi oʻtkazib, ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongan edi. U faoliyati davomida 22-marta oktagonga koʻtarilgan boʻlib, janglarining 19 tasida raqiblaridan ustun kelgan, faqat 3 ta bahsda magʻlubiyat alamini tatib koʻrgan.
Almabayev esa shu kunga qadar professional MMAʼda 24 ta jang oʻtkazgan. Qozogʻiston sportchisi bahslarining 21 tasida gʻalaba qozonib, 3 tasida imkoniyatni boy berib qoʻygan. U oxirgi jangini aynan Ramazon Temerov ishtirok etgan turnirda portugaliyalik Manel Keypega qarshi oʻtkazib, nokaut bilan magʻlub boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring