Rahbarlarni ragʻbatlantirish tizimi oʻzgartiriladi

14:52 10 Noyabr 2025 Siyosat
184 0

Tuman va viloyat darajasida kasalliklarning oldini olish va samarali davolash boʻyicha yangiliklar olib kirgan, bemorlarni hududning oʻzida davolay olgan, dori berishni tartibga keltirgan, shifoxonasiga yaxshi kadrlarni jamlab, ularni muntazam oʻqitib borayotgan, sogʻlom muhit va sifatli servisni yoʻlga qoʻygan, raqamlashtirishni toʻliq yakunlagan eng zoʻr viloyat, tuman sogʻliqni saqlash boʻlimlari, oilaviy poliklinika mudirlariga “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan tibbiyot xodimi” unvoni, orden va medallar, 30 million soʻmdan pul mukofoti beriladi.

Ular rahbarlik qilayotgan shifoxona va poliklinika infratuzilmasini yaxshilashga 500 million soʻmdan ajratiladi.

Har bir viloyatda eng yaxshi 2 ta tumanning sogʻliqni saqlash boʻlimi rahbari va oilaviy poliklinika mudiri AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya, Turkiya kabi tibbiyoti rivojlangan mamlakatlarga menejerlikka oʻqitish uchun yuboriladi.

Bunday tanlov 26 ta ixtisoslashgan markaz uchun ham boʻladi.

Jumladan, klinik protokollarni eng ilgʻor tajribalar asosida yangilagan, davolashning yangi usullarini joriy qilgan, tuman va mahallada ishni toʻgʻri tashkil qilgan, xorijdan yaxshi hamkor topib, mutaxassis va investitsiyalarni olib kelgan, markazini zamonaviy uskunalar va laboratoriyalar bilan jihozlagan, tibbiy xizmatlar eksportini karrasiga oshirgan markaz direktorlari, filiallar rahbarlari ham munosib taqdirlanadi.

“Shunday qilsak, poliklinikada, tuman va viloyat shifoxonalarida, respublika markazlarida raqobat va ishchanlik muhiti paydo boʻladi, yaxshi tajribalar yuzaga chiqadi, munosib soha vakillari adolatli mukofotlanadi, gʻururi yuksaladi. Xalqimiz ham buning bevosita ishtirokchisiga aylanadi”, – dedi Prezidentimiz.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?