Quyosh elektr stansiyasini toʻliqiablagʻidan qurganlarga kompensatsiya berilaldi

14:24 02 Yanvar 2024 Jamiyat
339 0

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining qiymatini toʻliq toʻlagan holda ularni xarid qilgan va oʻrnatgan isteʼmolchilarga xarid xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi hisobidan kompensatsiya qilinadi.

Quyosh yoki shamol elektr stansiyasini oʻrnatganlik uchun kompensatsiyalar miqdori oʻrnatilgan quvvati:

0,5 kVtdan 1 kVtgacha boʻlganda BHMning 7 barobar (2 mln 310 ming soʻm);

1 kVtdan 1,5 kVtgacha boʻlganda BHMning 10 barobar (3 mln 300 ming soʻm);

1,5 kVtdan 2 kVtgacha boʻlganda BHMning 15 barobar (4 mln 950 ming soʻm);

2 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 20 barobar (6 mln 600 ming soʻm);

5 kVt va undan yuqori boʻlganda BHMning 50 barobar (16 mln 500 ming soʻm, faqatgina yangi yerlar oʻzlashtirilganda va tik quduqlarda oʻrnatilgan suv nasoslarining elektr energiyasi isteʼmoli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari orqali taʼminlanganda).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?