Quvasoydagi issiqxonada Niderlandiya pomidor navi parvarishlanmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Quvasoy shahrining “Pakana” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi qarovsiz yerda tashkil etilgan 2 gektarli issiqxonada Janubiy Koreya tajribasi asosida gidroponika usulida pomidor yetishtirilmoqda.
Zamonaviy mezonlar boʻyicha barpo etilgan issiqxonada energiya tejamkor jihozlar, isitish va sovitish tizimi oʻrnatilib, tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy qilingan. Natijada yiliga ikki-uch marotaba hosil olinib, eksportga yoʻnaltiriladi.

— “Hamza eksport art tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshidagi ushbu issiqxonada 14 ta doimiy ish oʻrni yaratilgan, — deydi ish boshqaruvchi Bahromjon Akramov. — Shuningdek, kuniga 10 nafar mahalliy yoshlar mavsumiy ishlarga jalb etiladi. Faoliyat koʻlamini kengaytirish maqsadida viloyatdagi ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markazlar olimlari bilan hamkorlikda ishlaymiz.
Ayni kunlarda Niderlandiyadan keltirilgan serhosil, uzoq muddat sifatli hosil olish imkonini beruvchi pomidor pishdi va peshma-pesh yigʻib olinayotgan hosil xorij bozorlariga joʻnatilyapti.

Bahorgi mavsumda issiqxonadan 70 tonnadan ziyod hosil olish va qoʻshni respublikalar, Rossiyaga eksport qilish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring